Пахта хом ашёси
Пахта хом ашёси хақида қисқача маълумот
Paxta, chigitli paxta — gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida P.ga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mah-sulot — tola (uz. 20 mm dan uzun) aj-ratib olinadi. Shuning uchun butun du-nyoda P. tolaning sifatiga qarab baholanadi. Keyin chigitdan kimyo va mahalliy sanoat korxonalarida qoʻlla-niladigan lint (momiq) (uz. 20 mm dan kam) olinadi. Texnologik uskunalarda P.ni kayta ishlash va tolani tozalash jarayonida ulik (pishib yetilmagan kalta tolali puch chigit, chigallashgan tolalar) va kalta P. momigʻi (uz. 5,0 mm dan kam) chiqadi. P.da 30— 35% tola va 50—55% chigit (chigitida 24—29% moy), 2—3% ulik tola, 3— 5% kalta momiq boʻladi. Gʻoʻzaning se-leksion navi va tolaning yoʻgʻon-ingichkaligiga qarab P., oʻrta tolali va uzun tolali turlarga boʻlinadi. P. qoʻlda va mashina bilan teriladi. P. tolasining pishib yetilganlik koeffitsiyenta va tashki koʻrinishi, rangi boʻyicha 5 sanoat naviga va iflos aralashmalarning miqdori hamda na-mligiga qarab 3 sinfga boʻlinadi.
P. navi tashqi koʻrinish namunasi — paxtaning standart namunalariga solishtirib (klasser usulida), bu usul qanoatlanarli boʻlmasa, lab. usulida pishib yetilganlik koeffitsiyenti boʻyicha aniqlanadi.
Toʻqimachilik, yogʻmoy, gidroliz, kimyo sanoati va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi (q. Paxta tolasi).
Vohid Rakipov, Umar Azizxoʻjayev.[1]
Paxta yumshoq tola boʻlib, gʻoʻza (Gossypium) oʻsimligi urugʻlari atrofida oʻsadi. Paxta deyarli butunlay sellulozadan iborat.
Paxta asosan tropik va suptropik iqlimda yetishtiriladi. Yovvoyi paxta navlari xilma-xilligi ayniqsa Meksika, Avstraliya va Afrikada yuqori.[2]
Paxta tolasidan ip eshiladi, gazlama tayyorlanadi. Paxta matolar qadimdan maʼlum: Meksika va Pokistonda eramizdan avvalgi 5000-yillarga oid paxta gazlamalar topilgan.
Bugunda dunyo boʻylab yiliga 25 million tonnagacha paxta yetishtiriladi, paxta uchun sugʻoriladigan yerlarning 2,5%i ajratilgan. Xitoy paxta yetishtirish boʻyicha birinchi oʻrinda turadi.[3]
Yetishtiruvchi mamlakatlar[tahrir]
|
|
Manbalar[tahrir]
- Jump up↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Jump up↑ The Biology of Gossypium hirsutum L. and Gossypium barbadense L. (cotton). ogtr.gov.au
- Jump up↑ "Natural fibres: Cotton", International Year of Natural Fibres
Vikiomborda Paxta haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |